«Inter» jamoasining zaxira darvozaboni Xosep Martines halokatli yo‘l-transport hodirasiga uchradi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Martines boshqaruvidagi avtomobil 81 yoshli nogiron aravachasida bo‘lgan erkakni urib ketdi. Hodisa joyiga tez tibbiy yordam yetib keldi, ammo qariyani saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi va u vafot etdi.

Bu haqda Yevropa ommaviy axborot vositalari, xususan Marca nashri xabar bermoqda. Mazkur fojia sababli «Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu seshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan matbuot anjumanini bekor qildi.

Hozircha Xosep Martinesni qanday oqibatlar kutayotgani aniq emas. 2025/2026 yilgi mavsumda u «Neradzurri» jamoasi safida ikki o‘yinda maydonga tushib, bitta gol o‘tkazib yuborgan.

Hodisa jamoa va futbol ixlosmandlari orasida katta qayg‘u uyg‘otdi. Martines va uning oilasiga sabr tilanadi.

Tergov ishlari davom etmoqda.