«Yuventus» jamoasi bosh murabbiyi Igor Tudor bilan xayrlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Dushanba kuni, «Latsio»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandan keyin, Turin klubi Tudorning bosh murabbiylik lavozimidagi ishdan bo‘shatilganini e’lon qildi. «Yuventus» bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sifatida Lyuchano Spalletti ko‘rsatilmoqda.

Roberto Manchini esa Turin jamoasi uchun zaxira rejasi hisoblanadi. Bu haqda Transfer News Live nashri taniqli jurnalist Janluka di Marsiyo ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Hozirda «Yuventus» Italiya chempionatining musobaqa jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Shunga qaramay, «eski sinyora» birinchi o‘rinda borayotgan «Napoli»dan atigi olti ochko orqada qolmoqda.

Bu esa jamoaning yuqori o‘rinlar uchun kurashishda hali imkoniyatlari borligini ko‘rsatadi.