Avvalgi italiyalik o'yinchi va murabbiy Edoardo Reyya Lionel Skaloni - hozirgi Argentina terma jamoasi murabbiyi bilan hamkorligi haqida gapirdi. Ular o'zaro Rimning «Latsio» klubida o'zaro faoliyat yuritganlar.
«Biz «Latsio»da ishladik, keyin men uni «Atalanta»ga olib keldim. U bilan futbol haqida suhbatlashishdan zavq oldim, bu doimiy ilhom manbai edi. U o'yinchilarni baholashda jarrohlik darajasida aniq ko'zga ega, noyob. Har bir jamoasida tan olingan xarizmatik lider», - deya Reyyaning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Lionel Skaloni o'yin faoliyatini 2015 yilda tugatgan.




