Italiya chempionatining yettinchi turida «Frozinone» 4:2 hisobida «Sassuolo»ni mag'lub etdi va mavsumdagi to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Maydon egalaridan Antonio Raimondo uchta gol urdi va bu «Frozinone» tarixida Seriya Ada birinchi hat-trikni amalga oshirgan o'yinchi bo'ldi. Avvalroq klub o'yinchilariga bunday natijaga erishish nasib etmagan edi.

Shuningdek, Raimondo 22 yosh 212 kunda Seriya Ada hat-trik qila olgan eng yosh italiyalik o'yinchi bo'ldi - 2015 yilda Domenico Berardi 20 yosh 289 kunda «Milan»ga uchta gol urganidan beri.

Keyingi turda «Frozinone» Bergamoda mahalliy «Atalanta»ga qarshi o'ynaydi.