Braziliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Ederson «Atalanta»da o'z faoliyatini davom ettiradi. Tegishli xabar bergamasqlarning rasmiy saytida e'lon qilindi.

27 yoshli yarimhimoyachi klub bilan yangi shartnoma imzoladi, shartnoma muddati aniq ko'rsatilmagan. Ederson 2022 yilning yozidan beri «Atalanta»da o'ynaydi va shu vaqt ichida jamoaning asosiy o'yinchilaridan biriga aylandi. 4 mavsum davomida yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 180 o'yin o'tkazib, 16 gol urdi va 6 golli uzatma berdi.

Edersonning klubdagi eng katta yutug'i 2024 yil may oyida Yevropa Ligasi g'olibi bo'lishidir. Barqaror o'yinlari uni Braziliya terma jamoasida o'rin olishiga imkon berdi, u 2026 yilgi Jahon chempionatida o'yinlarda qatnashdi.

Oldinroq futbolchi bilan «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqdi, ammo shartnoma Edersonning tizzasi bilan bog'liq muammolar tufayli amalga oshmadi.