Italiyaning «Como» klubi himoyachi Andres Kuenkani «Barselona»dan o'tishi haqida e'lon qildi. 19 yoshli ispaniyalik futbolchi klub bilan 2030 yilgacha shartnoma imzoladi.
Kuenka 2019 yildan beri katalonlar tizimida faoliyat yuritgan. U 2024-25 yilgi mavsumda jamoasiga Yevropa yoshlar ligasini yutishda yordam berdi, finalda «Trabzonspor»ga qarshi (4:1) bir gol urdi. Himoyachi 2024 yilda klubning asosiy jamoasida debyut qildi, Shveysariyaning «Yang Boyz»iga qarshi Chempionlar ligasidagi o'yinda maydonga tushdi.
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Kuenka Xixonning «Sporting» klubida ijarada o'ynadi.
Xalqaro miqyosda Kuenka Ispaniyaning barcha yoshlar terma jamoalarida o'ynagan, U17 va U20 jahon chempionatlarida ishtirok etgan. Ushbu yozda u 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Yevropa chempioni bo'ldi.




