Markaziy hujumchi «Parma»dan Mateo Pellegrino «Yuventus»ga o‘tishga yaqin. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira ma'lum qildi.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, Turin klubi «Parma» bilan argentinalik futbolchini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga yaqin. Ijaraning narxi 5 million evro atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, shartnomada 20 million evro evaziga sotib olish huquqi va 5 million evro bonuslar kiritiladi.

O‘tgan mavsumda 24 yoshli Pellegrino barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va bir assist berdi. Transfermarkt portalining mutaxassislari hujumchini 15 million evroga baholamoqda.