18 yoshli yarimhimoyachi Madridning «Real» klubida o'ynayotgan Tyaqo Pitarx italiyalik klublarning e'tiborida.
Insayder Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, ispan yarimhimoyachisi «Fiorentina» va «Milan»ni qiziqtirmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, har ikkala klub Pitarx haqida ma'lumot so'ragan va «fiorentinalar» futbolchining agentlari bilan uchrashgan. Shuningdek, boshqa xorijiy klublardan ham o'yinchiga qiziqish mavjud.
Biroq, «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo hali yarimhimoyachi bilan xayrlashishga shoshilmayapti. Pitarx haqida qaror yig'ilishlardan keyin qabul qilinadi.
O'tgan mavsumda Pitarx asosiy jamoa safida 16 marta maydonga tushdi va ikki golli uzatma berdi.




