Avvalgi «Bavariya» va «Real» yarim himoyachisi Xames Rodriques italiyaning «Latsio» jamoasiga o'tishi mumkin. Bu haqida jurnalist Rudi Galetti xabar berdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Latsio» hujumni xilma-xillashtirishni xohlaydi va 35 yoshli kolumbiyalikni taklif qilish variantini ko'rib chiqmoqda, u «Minnesota Yunayted»dan ketgandan so'ng erkin agentga aylandi. Rimliklarni Xamesning jahon chempionatidagi o'yini hayratda qoldirgan.
Chempionatda Rodriques Kolumbiya terma jamoasi safida barcha beshta o'yinda qatnashdi, lekin gol urish yoki assistentlik qilish bilan ajralib turolmadi.
Yarim himoyachi «Minnesota Yunayted»da fevraldan iyunga qadar o'ynadi. Ushbu davrda u atigi sakkizta o'yinda qatnashdi va ikki golga assistentlik qildi.




