Italiyalik hujumchi Mario Balotelli, bugungi kunda Italiyaning Siriya A ligasida o'z darajasida hujumchilar yo'qligini ta'kidlamoqda.

«Aynan sifat haqida gapiradigan bo'lsak, men hozirda Italiyada mendan yuqori darajadagi o'yinchilarni ko'rmayapman. Ko'p kuchli o'yinchilar bor, lekin ularning uslubi boshqacha», - deydi Balotelli derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida.

Bir oy ichida Mario Balotelli 36 yoshga to'ladi. U avvalgi yillarda Italiyada «Inter» va «Milan» klublarida o'ynagan, hozirda esa Birlashgan Arab Amirliklaridagi chempionatda o'ynamoqda. Shuningdek, u APLda «Liverpul» va «Manchester Siti» jamoalarida ham o'ynagan.