Italiya chempionati Seriya A ning yettinchi turida «Latsio» Turinning «Yuventus» jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etdi. O'yin haqida o'z fikrlarini daniyalik futbolchi Oliver Provshtgor bildirdi.

«Bu, albatta, oson bo'lmadi, lekin men barchani tabriklamoqchiman, chunki biz yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Biz raqibni maydonda yuqoridan bosim o'tkazish uchun jasoratimiz yetdi. Turnir jadvaliga kelsak, biz uni kuzatamiz, lekin kamtar bo'lishimiz kerak — hamma narsa tezda o'zgarishi mumkin», - deya futbolchining so'zlarini keltiradi cittaceleste.it.

Hozirda «Latsio» Seriya A turnir jadvalida ikkinchi o'rinda turibdi.