Markaziy himoyachi «Galatasaray»dan Davinson Sancez «Inter»ning o'yinchisi bo'lishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Inter» Sancezni «Chelsi»dan Trevo Chaloba o'rniga alternativ sifatida ko'rmoqda. Kolumbiyalik futbolchining «nerazzurri»ga o'tishi Chaloba bilan bog'liq bitimga nisbatan ko'proq ehtimollikka ega. Shuningdek, «Inter» himoyani kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ham o'rganmoqda.
2025/26-yilgi mavsumda Sancez barcha musobaqalarda 45 marta maydonga tushib, ikki gol uzatdi.
30 yoshli futbolchining «Galatasaray» bilan shartnomasi 2029-yilning iyunigacha davom etadi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, kolumbiyalikning bozor narxi 16 million evrodir.




