Kremoneze jamoasining hujumchisi Jeymi Vardi Italiya futbolida o‘zining birinchi golini urdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
38 yoshli futbolchi Atalanta jamoasiga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 78-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi – 1:0. Bu ingliz futbolchisining Serie A ligasidagi birinchi goli bo‘ldi.
Shanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘yin Vardi uchun Kremoneze jamoasida to‘rtinchi o‘yin bo‘lsa, asosiy tarkibda ikkinchisi edi. Ammo maydon egalari g‘alaba qozona olmadi, chunki 84-daqiqada Bergamo jamoasi hisobni tenglashtirdi va qolgan vaqt davomida gol bo‘lmadi.
Jeymi Vardi sentabr oyining boshida erkin agent sifatida Kremonezega o‘tgan. Oldinroq u 13 yil davomida Angliyaning Lester jamoasida to‘p surgan.