Markaziy himoyachi «Galatasaray» va Kolumbiya terma jamoasining o'yinchisi Davinson Sanches «Como»da karerasini davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Como» Davinson Sanchesni 25 million evro evaziga «Galatasaray»dan sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Markaziy himoyachini sotib olish — «Como» bosh murabbiyi Sesko Fabregasning yozgi transfer oynasidagi ustuvor maqsadi ekanligi ta'kidlangan.
O'tgan mavsumda 30 yoshli Sanches barcha musobaqalarda 45 uchrashuvda qatnashib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kolumbiyalik futbolchining turk klubidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.




