«Inter» «Yunion Sen-Jillyuaz»dan Anan Halailini sotib olish bo'yicha kelishuvga yaqinlashdi.  Milan klubi «Chelsi»ga o'tgan Marko Palestrani qo'ldan chiqarib yuborganidan so'ng, raqobatchilarni ortda qoldirib, isroillik o'ng himoyachiga e'tibor qaratdi va muhim qadamni tashladi.

22 yoshli futbolchi Denzil Dymfrisning o'rnini egallaydi. Halaili shanba kuni Milan shahriga kelib, tibbiy ko'rikdan o'tishi va shartnoma imzolashi kutilmoqda. Klub va futbolchi 22,5 million evro va bonuslar evaziga kelishuvga erishdilar. O'yinchi to'rt yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 2,2 million evro sof maosh oladi. Bu haqida tuttomercatoweb.com xabar bermoqda.