28 yoshli "Napoli" jamoasi darvozaboni Aleks Meret jamoa mashg‘uloti vaqtida oyog‘idan jarohat oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda Napoli klubi matbuot xizmati ma’lum qildi. Ansa axborot agentligi xabariga ko‘ra, italiyalik darvozabon kamida bir oy davomida maydonga tusha olmaydi.

Joriy mavsumda Meret Italiya chempionatining to‘rt o‘yinida maydonga tushdi va ularda to‘rt gol o‘tkazib yubordi. Shu bilan birga, ikki o‘yinda darvozasini bexatar saqladi.

Serie A chempionatining yetti turidan so‘ng "Napoli" jamoasi 15 ochko to‘plab, turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa yetakchi "Milan"dan ikki ochko orqada qolmoqda.

Navbatdagi o‘yinda Napoli jamoasi 25 oktabr kuni Milanning "Inter" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.