Italiyaning «Napoli» 29 yoshli shotlandiyalik yarimhimoyachi Skott Maktominay bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Ushbu ma'lumotni insayder Nikolo Skira e'lon qildi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, neapolitanlar Maktominayga 2030 yilgacha yangi shartnoma taklif qilishadi va bir mavsumga uzaytirish opsiyasini ham qo'shadilar. Bundan tashqari, «Napoli» o'ychining maoshini sezilarli darajada oshirishga tayyor — 4,4 million evrodan 7 million evrogacha. Biroq, Maktominay yiliga o'n million evro olishni xohlaydi, deb ta'kidlanmoqda.

O'tgan mavsumda yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushdi, 14 ta gol urdi va to'rt ta golli uzatma berdi. Maktominayning «Napoli» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.