Italiyaning «Milan» klubining yangi murabbiyi, portugaliyalik Ruben Amorim, ushbu klub bilan ishlashni ingliz «Manchester Yunayted»dagi davridan ko'ra katta chaqiriq deb hisoblaydi.

«Yunayteddan keyin o'zimga aytdimki, kamroq ambitsiyali va kuchli klublarni boshqaraman. Lekin buning o'rniga men bu yerda, «Milan»da bo'lib qoldim. Oldinda ko'p ish borligini bilaman. Lekin «Milan»ni boshqarganingda, boshqa yo'l yo'q. Sen g'alaba qozonishing kerak», - deb keltiradi Amorimning so'zlarini derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, Amorim «Manchester Yunayted»dan yil boshida ishdan bo'shatilgan edi. Yangi-eski murabbiy Maykl Karrik ostida klub keskin o'sish ko'rsatdi va APLda mavsumni uchinchi o'rinda yakunladi.