Hujumchi Daulo Dibala katta ehtimol bilan «Roma»da o'z faoliyatini davom ettiradi.

Insayder Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, yaqin kunlarda argentinalik yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bitim 2027 yil 30 iyungacha davom etadi (yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan). Hujumchining maoshi mavsumda ikki yarim million evro bo'ladi (boshqa bonuslar bilan birga).

Paulo Dibala 2022 yilda «Yuventus»dan «Roma»ga erkin agent sifatida o'tdi. Uning rim klubi bilan shartnomasi 1 iyulda tugadi. 2025/26 mavsumida hujumchi klub darajasida barcha musobaqalarda 27 o'yin o'tkazdi, 3 gol urdi va 8 golli uzatma berdi.