Belgiyaning «Yunion» jamoasining o'ng qanot yarimhimoyachisi Anan Halaili yaqin kunlarda milanlik «Inter»ga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Inter» 21 yoshli futbolchi bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolagan. Halaili klubda yiliga 1,8 million evro maosh olishi kutilmoqda. Transfer summasi esa 20 million evro atrofida bo'lishi mumkin.
Halaili 2024 yildan beri «Yunion» jamoasida o'ynaydi. O'tgan mavsumda yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum natijalariga ko'ra, «Inter» Italiya chempioni bo'ldi.




