«Yuventus» bu yozda o'z o'rta chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Tuttosport ma'lumotlariga ko'ra, turinlik klub yarim himoyachi Kefren Tyuramni sotmoqchi. Fransuzdan olinadigan mablag' 50 million evro atrofida bo'lishi kutilmoqda. Ushbu mablag' «Yuventus» tomonidan Frank Kessi va Stanislav Lobotkani qo'lga kiritish uchun qayta investitsiya qilinadi. Ikkala futbolchi ham erkin agent maqomida bo'lib, ushbu summa ularning maoshlariga sarflanadi.

2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, «Yuventus» Seriya A turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab, 69 ochko to'pladi. Turin klubi kelgusi mavsumda Chempionlar ligasida o'ynamaydi, balki Yevropa ligasida qatnashadi.