Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata o'z vataniga qaytishi mumkin, uning xizmatlariga Ispaniya futbolining yuqori ligasiga qaytgan «Deportivo» qiziqmoqda.
Uning vatandoshi, Morataning hozirgi klubi «Komo» murabbiyi Sesq Fabregas hujumchiga kelgusi mavsum rejalari orasida u yo'qligini bildirdi. Shunday qilib, tomonlar yechim izlashga kirishdilar.
Shu bilan birga, 2024 yilda Yevropa chempioni bo'lgan sobiq Ispaniya terma jamoasi kapitani «Deportivo»ga qaytishni xohlaydi, deb xabar bermoqda derbyderbyderby.it. Ammo bu borada hali rasmiy aloqa bo'lmagan.




