Krayniy hujumchi «Milan»dan Rafael Leo «Barselona»ning diqqat markazida qolmoqda.
Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, «Barselona» «Milan»dan Leo haqida ma'lumot so'ragan. Ma'lum bo'lishicha, italiyalik top-klub o'z futbolchisini 60 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor, chunki yangi bosh murabbiy Ruben Amorim unga ishonmayapti.
Biroq, Leo xaridi «Barselona» uchun ustuvor vazifa emas, chunki avvalroq «ko'k-qizillar» Entoni Gordonni sotib olishdi. Hozirda katalonlar uchun asosiy maqsad hujumchi Julian Alvarezni sotib olish, lekin agar klub uni qo'lga kira olmasa, Leo variantini ham inkor etmaydi.
O'tgan mavsumda 27 yoshli portugalik barcha musobaqalarda 31 o'yinda ishtirok etib, o'n gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.




