«Milan» forvard Rafael Leau ni 60-70 million evro deb baholamoqda. Bu haqda o'z saytida jurnalist Janluka di Marcio Italiyadagi Sky manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Jahon chempionati tugagach, «Milan» futbolchi bilan uchrashib, uning kelajagi haqida birgalikda qaror qabul qiladi.
Avvalroq, Rafael Leau o'z sport karerasining yangi bosqichini Italiyadan tashqarida boshlash istagini bildirgan edi. Hozirda Rafael Portugaliya terma jamoasi safida joylashgan. Jamoa Xorvatiyaga qarshi Jahon chempionatining 1/16 final o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda.
27 yoshli Rafael Leau ning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.




