Arman yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan Milanning «Inter» klubi bilan hamkorlikni davom ettirdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, yarimhimoyachining «nerazzurri» bilan yangi mehnat shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Mxitaryanning maoshi ikki million evro va bonus to‘lovlarini o‘z ichiga oladi.

Esimizda bo‘lsin, 37 yoshli futbolchi Milan jamoasida 2022 yilning yozidan beri o‘ynaydi.

O‘tgan mavsumda Italiya Seriyasida Mxitaryan 30 uchrashuvda maydonga tushdi. Yarimhimoyachi to‘rt marta gol urdi va bir marta golli uzatma berdi.