«Inter»ning sport direktori Piero Auzilio «Real»ning yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinga bilan bog‘liq potentsial transfer haqida fikr bildirdi.

«Bu haqiqatda amalga oshmaydi. Narx va maosh jihatidan biz uni qo‘lga kiritishimiz mumkin emas», — deydi funksioner Fabrizio Romano so‘zlarini keltirib.

Romano ta'kidlashicha, «Inter» hech qachon fransuz yarimhimoyachisini transfer qilish variantini ko‘rib chiqmagan.

O‘tgan mavsumda 23 yoshli Kamavinga barcha musobaqalarda 43 o‘yinda qatnashib, ikki gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, yarimhimoyachining qiymati 50 million evrodir.