Madridning «Real» klubi yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishni davom ettirmoqda. Mundo Deportivo ma'lumotlariga ko'ra, jamoa 1 avgustda Avstriyaning Klagenfurt shahrida «Fiorentina»ga qarshi do'stlik o'yinini o'tkazadi.
«Fiorentina» bilan o'yin jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi va yozgi transfer jarayonidagi o'zgarishlarining dastlabki ko'rsatkichlaridan biri sifatida ko'rilmoqda. Shuni ta'kidlash kerakki, «Real» bu yozda global tijorat turini o'tkazishni rejalashtirmagan. Tayyorlov asosan Valdebebasda o'tkaziladi, jamoa 13 iyuldan ish boshlaydi.
Bazida futbolchilar o'z terma jamoalari Jahon chempionatidan chiqib ketgani sababli, kutilganidan oldin jamoaga qo'shiladi. Ular orasida Federiko Valverde va Arda Gyuler ham bor.




