«Udinze» jamoasi «Milan»dan uyda mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, bosh murabbiy Kosta Runiyaichga ishonchni saqlamoqda. ANSA xabariga ko'ra, klub rahbariyati mutaxassisning vaziyatni yaxshilashi uchun muddat belgilamagan.

«Udinze» egasi Jino Potsi Runiyaichni iyun oyigacha saqlash tarafdori, chunki mutaxassisning shartnomasi shu paytgacha amal qiladi. Chempionatning 10-turidan so'ng jamoa atigi 4 ochko to'plagan va «Seriya A»da mag'lubiyatlar seriyasi 6 o'yinga yetgan.

Vaziyat «Parma» va «Roma» bilan yaqinlashayotgan o'yinlardan so'ng o'zgarishi mumkin. Klub allaqachon o'z o'rnini bosuvchi variantlarni o'rganmoqda, lekin rasmiy muzokaralar o'tkazilmagan.