«Juventus» «Roma»ning darvozaboni Mile Svilarni sotib olishni xohlaydi.
La Reppulica ma'lumotlariga ko'ra, Turin klubi darvozabonning transferi uchun taxminan 35 million evro taklif qilishga tayyor. Ammo «Roma» bunday taklifdan norozi. Rim klubi o'z futbolchisini sotishdan kamida 60 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda.
Mile Svilar 2022 yilda «Benfika»dan «Roma»ga erkin agent sifatida o'tdi. Uning «bo'rilar» bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26-yilgi mavsumda 26 yoshli darvozabon rim klubida barcha turnirlarda 48 o'yin o'tkazib, 44 gol o'tkazib yuborgan, 21 o'yinda esa darvozasi daxlsiz qolgan. Transfermarkt portalida Svilarning narxi 35 million evro deb baholanmoqda.




