Avvalgi «Yuventus» hujumchisi Zbignev Bonek Turin klubining chempionlik unvoniga da'vogar emasligini ta'kidlamoqda. 8 turdan so'ng jamoa yettinchi o'rinda bormoqda.
«Men turli tanqidchilarni ko'ryapman: ba'zilari Konte kelishini xohlaydi, boshqalari Spallettini tanqid qilmoqda. Faqat shuni aytmoqchimanki, «Yuventus»ga qaraganda, men chempionlar jamoasini ko'rmayapman, faqat yaxshi o'yinchilarni ko'ryapman. Va bu farq. Hozir ular chempionlik poygasining yetakchilaridan emas, bu Evropadagi qiyinchiliklaridan ko'rinib turibdi», - dedi Bonek Radio Anch’io Sport efirida.
Ushbu bayonot «Yuventus»ning «Lechche» ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonganidan keyin keldi.
«Birinchi gol jarima zarbasidan, qisman tasodifan kiritildi: Makkeni darvozabonni xayratda qoldirdi. «Yuventus»ning ustunlik qilganini ayta olmayman. Oldin jamoada ko'proq sifat bor edi», - dedi Bonek.
Bonek Spallettining murakkab ifodalari haqida hazil ham qildi.
«U juda talabchan va o'ziga xos. Men Italiyada 44 yil yashayapman, lekin televizorda uni eshitganda, nima deyayotganini tushunish uchun lug'atni olib chiqishimga to'g'ri keladi», - dedi polshalik.
Bonek 1980-yillarda «Yuventus»da uch mavsum o'tkazib, chempionat va Yevropa chempionlar kubogini yutgan.
