Mashhur jurnalistlar bir ovozdan ta'kidlamoqda, Gonsalu Ramush tez orada «PSJ»dan «Milan»ga o'tadi. Avvalroq «rossoneri» o'yinchi uchun 50 million evrodan ko'proq to'lab, klub tarixida eng katta transferni amalga oshirishi haqida ma'lumotlar tarqalgandi.
Jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlarda 25 yoshli Ramushning «Milan»ga transfer summasi 75 million evro ekanligini yozdi. Shuningdek, shartnoma doirasida bonuslar sifatida qo'shimcha summalar ham kiritiladi.
«PSJ»da Gonsalu Ramush 131 ta rasmiy o'yin o'tkazdi. U bu uchrashuvlarda 45 gol urdi va 10 ta golli uzatmalar berdi.




