«Milan» va «PSJ» hujumchi Gonsalu Ramushning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Portugaliya terma jamoasining futbolchisi yaqin kelajakda «rossoneri» formasini kiyadi.
The Athletic'ning xabariga ko'ra, bu «Milan» uchun qiymati bo'yicha rekordli transfer bo'ladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, hozirda «rossoneri»ning eng qimmat yangi o'yinchisi Rafael Leau bo'lib, u uchun 49,5 million evro to'langan. Ramush uchun Seriya A gigantining to'lashi kutilayotgan summa aniq ko'proq bo'ladi.
25 yoshli Ramushning transferida «Milan» egasi Jerri Kardinal va «PSJ» prezidenti Nasser al-Xelaifi o'rtasidagi yaxshi munosabatlar muhim rol o'ynagan.




