Markaziy himoyachi «Napoli»dan Rafa Marin yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

«Napoli» 2024 yilda Ispaniyadan «Real»dan 12 million evro evaziga xarid qilgan. O'tgan yozda himoyachi «Vilyarreal»ga ijaraga berilgan va o'sha yerda o'tgan mavsumni o'tkazgan.

Ispan klubi safida Marin barcha musobaqalarda 31 uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urdi va bir assistga ega bo'ldi.

Xabar qilinishicha, ijaradan so'ng «Vilyarreal» 24 yoshli Marinni «Napoli»dan sotib olishni rejalashtirmoqda. Hozirda Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 12 million evro.