Italiya Seriya A musobaqasida Turinning «Yuventus» jamoasi «Djenoa»ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu natija haqida «qariyalar» yarim himoyachisi Ueston Makkeni fikr bildirdi.
«Raqiblar bizdan yaxshiroq o'ynadi, shuning uchun bunday natija. Biz maydonda ko'proq harakat qilishimiz kerak. Biz «Yuventus»miz, bunday o'yin ko'rsatkichlari biz uchun qabul qilib bo'lmaydi. «Yuventus»ning ulkan tarixi bor. Biz barqarorlikni topishimiz va g'alaba qozonishimiz kerak», - deydi amerikalik futbolchi Football-Italiaga.
Italiya chempionatining to'qqizta o'yinidan so'ng «qariyalar» 14 ochko to'plab, turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda turibdi.
