Turinning «Yuventus» rahbariyati jamoani yozgi transfer oynasida kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qadimiy xonim» bir nechta futbolchilarga qiziqmoqda. Italiyaning buyuk klubi tarkibiga «Aston Villa»dan darvozabon Emiliano Martines, shuningdek, «Bavariya»dan himoyachi Kim Min Jae va «Sassuolo»dan Tarik Muxarremovich qo'shilishi mumkin.
O'tgan mavsumda Italiyaning Seriya A ligasida turinliklar 69 ball to'plab, turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallashdi. «Qadimiy xonim» kelgusi UEFA Yevropa ligasida qatnashadi.




