Atalanta jamoasi va Italiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Jorjyo Skalvini yaqin vaqtlarda o‘z jamoasi safida maydonga tusholmaydi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda jurnalist Janluka di Marsiyo xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi chap oyog‘ining ikki boshli son mushagida jarohat oldi.

Skalvinining tiklanish muddati taxminan uch hafta davom etadi. Shu sababli u Chempionlar Ligasi guruh bosqichining uchinchi turida Praga shahrining Slaviya jamoasiga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Joriy mavsumda Skalvini barcha turnirlarda beshta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Hozirgi vaqtda Atalanta Seriya A chempionatining turnir jadvalida 11 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda turibdi.