Milanlik "Inter" jamoasining hujumchisi Markus Tyuram jarohatdan so‘ng tiklanishni davom ettirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

28 yoshli fransiyalik futbolchi son sohasidagi jarohat tufayli so‘nggi uchta o‘yinda maydonga tusha olmadi. Sky Sport nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinlashib kelayotgan Chempionlar Ligasi doirasidagi Belgiya "Union Saint-Gilloise" jamoasiga qarshi o‘yinda ham Tyuram maydonda bo‘lmaydi.

Shunga qaramay, "Inter" klubi futbolchining keyingi Seriya A o‘yinida, ya’ni "Napoli"ga qarshi bahsda ishtirok etishiga umid qilmoqda. Biroq bu borada aniq kafolatlar berilmagan.

Krestian Kivu boshchiligidagi jamoaning "Union Saint-Gilloise" bilan uchrashuvi 21 oktyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. "Napoli"ga qarshi o‘yin esa 25 oktyabr, shanba kuni rejalashtirilgan.

Klub va futbolchi jarohatdan to‘liq sog‘ayib, maydonga qaytishni kutmoqda.