«Inter» yarim himoyachi Hakan Chalhanog'lu bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Muzokaralar yil boshida boshlangan, ammo o'shandan beri to'xtab qolgan. Biroq, turk futbolchisi shartnomani uzaytirish variantini inkor etmayapti.

Goal portali xabar berishicha, Chalhanog'lu kamida ikki yillik shartnoma talab qilmoqda. Turk yarim himoyachi faqatgina maoshini biroz kamaytirishga tayyor. Shu bilan birga, «Inter» rahbariyati 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan faqat qisqa muddatli shartnomalar – bir yillik shartnomalar imzolanishi kerak deb hisoblaydi.

Hozirgi shartnoma Hakan Chalhanog'luni «Inter» bilan 2027 yilning o'rtalarigacha bog'laydi.