Beshta yil davomida «Milan»da o'ynagan Aleksandre Pato klubning o'zining avvalgi mavqeini qaytarishiga ishonmoqda, chunki «rossoneri» futbol Evropasining asosiy jamoalaridan biri sifatida tanilgan edi. Bu haqda u Braziliyadagi Formula 1 Grand Prixsida, mehmon sifatida ishtirok etganida ma'lum qildi.
«Natijalarga erishish uchun vaqt kerak, lekin men ishonaman, «Milan» bir vaqtlar bo'lgan darajaga qaytadi», - deya Pato so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
So'nggi marta «Milan» 2007 yilda Chempionlar ligasida g'alaba qozongan. Pato 2008 yilda jamoaga qo'shildi va 2013 yilgacha «Milan»da o'ynadi.
