Yunying boshida biz xabar bergan edikki, Rimning «Latsio» jamoasi darvozaboni Ivan Povedel «Inter»ga o'tishga tayyor. Ikki hafta o'tgach, uning agenti Janni Rava, hali ham shartnoma imzolanishiga ishonch bildiradi.
«Biz juda yaqinmiz, ish to'g'ri yo'nalishda davom etmoqda. Menimcha, yaqin kunlarda hamma narsa hal bo'ladi. Ivan - «Inter»ning katta muxlisi va u yerda o'ynashni xohlaydi. Bu uning joriy sport imkoniyatlariga to'g'ri keladi», - dedi Rava.
derbyderbyderby.it ma'lumotlariga ko'ra, bu kelishuv «Inter»ga uch million yevroga tushadi. Povedel «Latsio»da so'nggi to'rt mavsumni o'tkazdi. O'tgan mavsumda esa «Speziya»da o'ynagan.




