Avvalgi braziliyalik hujumchi Romario o'zining sobiq raqibi, italiyalik himoyachi Franko Barezzi haqida iliq fikrlar bildirdi. U sobiq himoyachining duch kelayotgan muammolari sababli unga sog'lik tiladi va uni o'z karerasidagi eng qiyin raqib deb atadi.

«Men uning muammolari haqidagi xabarlarga xafa bo'ldim. Alloh unga yordam bersin. Barezzi - men o'ynagan eng kuchli raqib. U bilan o'ynash eng qiyin edi», - deya Romarioning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, Romario avvalgi karyerasida PSV va kataloniyalik «Barselona», shuningdek, braziliyalik «Vasko da Gama» klublarida o'ynagan.