Milanning «Inter» klubi «Atalanta»ga himoyachi Marko Paletrani transfer qilish bo'yicha rasmiy so'rov yubordi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Taklif summasi 45 million evrodan iborat bo'lib, shundan 5 millioni bonus sifatida qo'shiladi. Shuni ta'kidlash joizki, shaxsiy shartlar allaqachon kelishilgan va to'liq muhokama qilingan.

O'yinchi «Inter»ga o'tishni qat'iy talab qilmoqda. Klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, ammo milanliklar bitimning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonch bildirayotganlar.

O'tgan mavsumda Paletra «Kal'yari» uchun ijarada 37 ta o'yin o'tkazdi, 1 ta gol urdi, 4 ta golli uzatma berdi va 3 ta ogohlantirish oldi.