Hujumchi Jonatan Devid yozda «Yuventus»dan ketishi mumkin.
Corriere dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, Turin klubi kanadalik futbolchini sotishni rejalashtirmoqda. «Yuventus» Devidni sotishdan taxminan 40 million evro daromad olishni maqsad qilmoqda. Muammo shundaki, hozirda turinliklar Devidning transferi bo'yicha aniq takliflarga ega emaslar.
Jonatan Devid 2025 yilda «Lill»dan «Yuventus»ga erkin agent sifatida o'tgan. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi Turin klubida barcha musobaqalarda 46 ta o'yin o'tkazib, sakkiz gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Devidning narxini 30 million evro deb baholamoqda.




