Italiyaning «Sassuolo» klubi Roberto D'Aversani birinchi jamoaning bosh murabbiyi etib tayinlaganini e'lon qildi.

Mutaxassisning murabbiylar shtabiga quyidagi xodimlar kirdi: Salvatore Sullo, Marco Piccione, Marco Rijo, Paolo Rongoni, Francesco Petrungaro, Andrea Rinaldi, Simone Vinyudelli va Marco Bizzarri.

D'Aversaning rahbarligidagi birinchi mashg'ulot seshanba kuni tushdan keyin o'tkazildi. Shuningdek, murabbiyning birinchi matbuot anjumani 12-noyabr, payshanba kuni «Mapei» futbol markazida (Mapei Football Center) bo'lib o'tishi xabar berildi.

Eslatib o'tamiz, hozirda klub italiyaning eng yuqori ligasida oxirgi o'rinda turibdi.