Mashhur italiyalik murabbiy Fabio Kapello «Yuventus» futbolchisini yuqori baholadi. Gap Kenan Yildiz haqida bormoqda. Kapello uni italiyalik Lamine Yamal deb atadi, garchi Yildiz Turkiya terma jamoasining o'yinchisi bo'lsa ham.

«Yildiz bunday ishlarni amalga oshirmoqda, buni hech kim tasavvur ham qila olmasdi. U boy tasavvurni o'zida mujassamlashtiradi va boshqalarga ham etkazadi. U – italiyalik Lamin Yamal», - deydi Kapello, bu so'zlarni The Touchline keltirmoqda.

«Yuventus» uchun Kenan Yildiz 132 ta rasmiy o'yinda qatnashdi. U bu o'yinlarda 27 ta gol urdi va 21 ta golga assist berdi.

«Yuventus» hozirda Seriya A musobaqasida yettinchi o'rinda turibdi.