Rimning «Latsio» jamoasi Italiya chempionatining oliy ligasida 10-turda «Kalyari»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Ma'lum bo'lishicha, klub tarixida birinchi marta mavsumning dastlabki 10 o'yinidan 9 tasini yutdi - avval bunday natijaga erishilmagan edi. «Latsio» - bu natijaga erishgan oltinchi klub bo'lib, undan oldin «Yuventus» (4 marta), «Milan» va «Napoli» (har biri 2 marta), shuningdek, «Roma» va «Torino» (har biri 1 marta) erishgan. So'nggi marta bunday natijaga «Milan» va «Napoli» 2021/22 mavsumida erishgan.
Keyingi turda «Latsio» «Napoli»ga qarshi o'ynaydi, bu jamoa yakshanba kuni kechqurun Turinning «Yuventus»iga mag'lub bo'ldi.
