Rimning Latsio klubi Italiya chempionatida Kalyari ustidan qozongan g'alabasi bilan turnir jadvalida yetakchiligini mustahkamladi, ammo yarimhimoyachi Gustav Isaksen hozircha Skudetto haqida o'ylashni xohlamaydi.
«Hozir biz birinchi o'rindamiz — qanday qilib, bilmayman, lekin bu ajoyib. Luis Albertoning so'zlariga kelsak? Haqiqatan ham, biz hozirda «skudetto» haqida o'ylamayapmiz; mavsum oxirigacha hali juda uzoq. Biz har bir o'yindan o'yinga harakat qilmoqdamiz va umid qilamanki, Napoli bilan o'yindan keyin ham birinchi o'rinda bo'lamiz», - deydi Isaksen cittaceleste.it saytiga bergan intervyusida.
Keyingi turda Latsio boshqa «ko'k» jamoa — Napoli bilan o'ynaydi.
