Udineze jamoasining murabbiyi Kosta Runyich «Milan»ga qarshi olingan mag'lubiyat uchun o'z o'yinchilarini tanqid qilmadi.

«Men mag'lubiyatni qabul qilaman, bu albatta bizga foyda keltirmaydi. Mening fikrimcha, bugun maydonda energiya bilan to'lgan jamoa bor edi. Biz ikki gol o'tkazdik — birinchisi o'yin boshida bo'ldi, bu raqibga foyda keltirdi. Bugungi o'yin tafsilotlariga kelsak, jamoa o'z imkoniyatlarini to'liq ishga solishga harakat qildi. Biz bir necha gol urish imkoniyatlarini yaratdik, lekin «Milan»dan farqli o'laroq, ulardan foydalana olmadik», - deydi mutaxassis pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.

Hozirda «Udineze» Seriya Ada faqat o'n yettinchi o'rinda turibdi.