Sobiq «Atalanta» hujumchisi Alekhandro Gomes rossiyalik yarim himoyachi Aleksey Miranchuk bilan o‘ynagan davridan xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
«Aleksey — ulkan talant. Biroz sirli, uyatchan yigit. Futbol sifatlari nuqtai nazaridan u juda ajoyib edi», — deya Gomesning so‘zlarini keltirmoqda «SE».
Argentinalik futbolchi, Miranchukning karera o‘sishi va o‘yin xususiyatlari uchun Ispaniya chempionati yanada mos kelishini ta’kidladi, shuningdek, «Atalanta»da rossiyalikning «joyi yetishmasligini» aytdi.
Miranchuk «Atalanta»da 2020 yildan 2024 yilgacha o‘ynadi. Italiyaning ushbu jamoasi bilan yarim himoyachi 2023/24 yilgi Yevropa Ligasi sovrini qo‘lga kiritdi. 2024 yildan boshlab, rossiyalik «Atlanta Yunayted» uchun o‘ynamoqda.
