Napoli prezidenti Aurelio De Laurentiis klubning kelajagi haqida aniq fikr bildirdi. U Radio Kiss Kiss Napoli radiostansiyasiga bergan intervyusida klubni sotish imkoniyatini muhokama qildi. U arab investorlaridan 3,5 milliard evro miqdorida katta taklif olganini aytib, futbol olamida qolishni afzal ko'rishini ta'kidladi.
«To'xtanglar! Men hali sotish haqida qaror qilmaganman, lekin agar sotishga qaror qilsam, klubni amerikalik emas, neapolitanlarga berishni afzal ko'raman», - deya De Laurentiisning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Hozirda neapolitanlar Seriya Ada faqat to'qqizinchi o'rinda turibdi.
